AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan Twitter ijtimoiy tarmoğidan foydalaniş heç kutilmagan holat bölib, unga jamiyatning barça qatlami bilan töğridan-töğri muloqot qiliş imkonini beradi. USA Today gazetasining xabar berişiça, bunday fikr Twitter kompaniyasi asosçisi va rahbari Jyek Dorsidan çiqqan.
"Saylangan prezident bizning xizmatlardan boşqa kişilar bilan muloqotda böliş maqsadida foydalanadi, va bu istalgan insonga u ayni damda nima haqida öylayotganidan xabardor böliş imkonini yaratadi. Menimça, bu juda qiziq", - dedi Dorsi. Uning eslatişiça, Tramp jamoasi saylovoldi kampaniyasi vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan öz ğoyalarini ilgari surişda faol foydalangan.

"Avval bunday holatni heç körmagandim, - davom etadi Dorsi. – Biz yangi dunyoga qarab ketmoqdamiz. Unda barça narsa yuzaga çiqadi va har kim buni körişi va real vaqt rejimida muhokama qilişi mumkin". Mutaxassisning tan olişiça, u "jarayon oxir-oqibat qayerga olib kelişini" bilmaydi.
Ma'lumot uçun, Tramp Oq uy uçun kuraş davomida bir neça marotaba ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişning muhimligi haqida aytib ötgan. Mutaxassislarning fikriça, aynan Twitter va Facebook’dagi keng qamrovli tarğibot kampaniyalari uning saylovlarda ğalaba qozonişiga sababçi böldi.








