Istanbulda sodir etilgan ikkita terakt sabab butun Turkiya böyiça milliy motam e'lon qilindi. Milliyet gazetasi bergan ma'lumotga köra, bu haqidagi farmon mamlakat boş vaziri Binali Yildirim tomonidan imzolangan.

Farmonga muvofiq, barça davlat taşkilotlaridagi mamlakat bayroği tuşiriladi.

Eslatib ötamiz, Istanbulda Toşkent vaqti bilan 00.30da Maçka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida yuz bergan. Ma'lumotlarga köra, u xudkuş va minalaştirilgan maşina yordamida amalga oşirilgan.

Şu paytga qadar olingan ma'lumotlarga köra, portlaş qurbonlari soni 29 nafarga yetdi, ulardan 27 nafari politsiya xodimi. Bundan taşqari, Turkiyaning «Beşiktoş» jamoasining 2 nafar xodimi ham halok bölgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Istanbuldagi teraktlardan maqsad yanada köproq kişilarni öldiriş bölgan.