Bollivud yulduzi Şohruhxonning sönggi filmida gid sifatida suratga tuşgan bölib, u Dubay böylab öz muxlislarini yiğmoqda. Dubay turizm va tijorat marketingi bölimi Xon iştirokidagi qisqa filmni namoyiş etdi. Unda aktyor şaharni qanday kezib çiqayotgani tasvirlangan. 

"Bu mening Dubayim, men bilan birga yur", deydi u kadrlarning birida. Boşqa kliplar esa Osiyoning eng maşhur 51 yoşli yulduzi  Dubay Skydive'da öz muxlislarini hayron qoldirganini aks ettiradi. Keyin esa u qirğoq böyiga borib, yugurayotganlarni hayratga soladi va volleybol öynayotgan bir guruh kişilarga qöşiladi. Bu vaqtda esa aktyorning muxlislari uşbu kutilmagan hodisalarni suratga olişadi. 

Şundan söng, u ofitsiant sifatida işlab, yuqori sinf restoranida muxlislarga syurprizlar ulaşadi. Keyin Dubay Mall'ga xarid qilgani taşrif buyuradi. Sönggi kadrda esa aktyor Burj Xalifa va Dubay favvorasi böylab yurgani tasvirlanadi va u "Mening mehmonim böling" deb aytadi.

"Dubay siz bilan bir umrga qoluvçi çeksiz taasurotlarni taqdim etadi. Agarda paraşutdan sakraş, sahroda keziş yoki mazali ta'mlardan ta'tib köriş kabi sarguzaştlarga boy safarni istasangiz, bu şahar oilangiz, döstlaringiz yoki juftingiz bilan sayohat qilişingiz uçun çinakam hordiqni tuhfa qiladi. Dubay turizmi bilan işlaş mazkur şaharni yangitdan kaşf etişimda menga katta zavq bağişladi. Men Dubayning mö'jizasiga yana qaytişni intizorlik bilan kutib qolaman", - dedi Şohruhxon öz intervyusida.

"Şohruh Dubay va Hindiston örtasida çindan ham çiroyli munosabatlarni körsatib bergan. Bizning Hindiston bilan doimiy muloqotimiz va tariximiz bunday birlaşuvni mustahkamlovçi bu kabi loyihalarni qöllab-quvvatlaydi. 2020 yilga kelib har yili 20 milliondan ortiq mehmonlar taşrif buyurişi kutilayotgan rejalarimizga muvofiq bizning turizm sohasidagi izlanişimiz har yili ösib bormoqda. Biz butun dunyodan hindlarni Şohruhxon Dubayni özida qanday sinab körayotganini tomoşa qilişlari uçun çaqirganimizdan xursandmiz", - deydi Dubay turizm va tijorat marketingi korporatsiyasining boş direktori  Issom Kozim.