AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp AQŞ Davlat kotibi lavozimiga mamlakatdagi eng yirik neft kompaniyasi bölgan ExxonMobil rahbari Reks Tillersonni tanladi. CNBC telekanali şu haqida xabar berdi. 

Trampning inaguratsiyasi 2017 yilning 20 yanvarida bölib ötadi. Şundan söng u kongressga öz hukumatidagi vazirlar lavozimlariga nomzodlarni rasman taqdim etadi. 

Reks Tillerson

Reks Tillerson 64 yoşda. U Ostindagi Texas Universitetini tugallagan. Tillerson taxminan 40 yildan beri ExxonMobil'da xizmat qiladi. U öz faoliyatini oddiy muhandislikdan boşlagan. 1990-yillarda u kompaniyaning Rossiyadagi loyihalarini boşqargan. 

Tillerson ExxonMobil'ni 2006 yildan buyon boşqarib keladi. 2011 yilda u "Rosneft" bilan Arktikada burğulaşga doir şartnomani imzolagan. 2014 yilda Barak Obama ma'muriyati tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar tufayli ExxonMobil loyihadagi iştirokini töxtatişiga töğri kelgan. Tillerson mazkur sanksiyalarga nisbatan e'tiroz bildirgan.