Avstraliyalik olimlar olmosni takomillaştirib, uni yanada mustahkamroq qilişdi. Uşbu iş haqidagi hisobot Scientific Reports jurnalida çop etildi.

"Takomillaşgan" olmos uçun asos sifatida lonsdeylit – 1966 yilda oçilgan geksagonal olmos olindi. U olmosdan 58 foizga qattiqroq hisoblanadi. Lonsdeylitni laboratoriya şaroitlarida oliş ança murakkabdir va şu sababli uning amaliy qöllanişi ehtimoli deyarli ozdir. Biroq olimlar lonsdeylitning nano ölçamdagi namunasini yarata oldilar va u original lonsdeylitdan qattiqroq çiqdi. Olimlar jamoasining taxminiça, bu olmosdan, misol uçun, konlarda juda qattiq moddalar va oddiy olmoslarni qirqiş uçun foydalaniş mumkin.

Öta qattiq olmosni grafitdan press qurilmasi yordamida yaratişga muvaffaq bölindi. Bu qurilmada bir-biriga qarama-qarşi ikkita olmos joylaştirilgan va ular yordamida Yer qa'ridagi bosimga öxşaş juda katta bosim yaratiladi. Buning evaziga qurilmada 400 °S issiqliqda olmoslar yaratiş mumkin. Taqqoslaş uçun şuni aytiş mumkinki, an'anaviy usullarda buning uçun 1000°S gaça harorat talab etiladi. Olimlar keyinroq olingan moddani sinovdan ötkazib, uning qattiqligini yanada aniqroq örnatişmoqçi.