Ötgan hafta oxirida Özbekiston terma jamoasi va Rossiyaning «Krasnodar» klubi yarimhimoyaçisi Odil Ahmedov Xitoy çempionatiga ötişi haqida gap-sözlar tarqaldi. 13 dekabr kuni krasnodarliklar matbuot xizmati futbolçining Xitoyda tibbiy körikdan ötiş uçun jönab ketganini tasdiqladi. Bu Ahmedovning Xitoy çempionatiga ötişi deyarli aniq bölganini anglatadi.

Öz vaqtida Londonning «Arsenal» klubi Ahmedovga qiziqiş bildirgani haqida xabarlar çiqqandi. Köpçilik muxlislar kuçli beşlikda Özbekiston terma jamoasi a'zosi ham paydo bölişini kuta boşlaşdi. Biroq inglizlarning qiziqişi faqat şu bilan çeklanib qolgani ma'lum böldi. Sönggi yillarda kuçliroq çempionatga munosib deb qaraladigan özbekistonlik kam sonli futbolçilardan biri Odil Ahmedov ham boşqa futbolçilarimizdan ortiq natijani qayd eta olmadi. Endi futbolçimiz faoliyatining qolgan qismini Xitoyda davom ettirişi aniq bölib turibdi. «Şandun Luneng» futbolçi uçun «Krasnodar»ga 7-8 million yevro taklif qilmoqda. Köp ehtimolki, Ahmedovga  katta maoş va'da qilişgan. Demak, muxlislar kutgan Yevropaning kuçli çempionatlarida töp suruvçi özbekistonlik futbolçi kim bölişi masalasi yana ortga suriladigan böldi.

Tribuna.Uz öz vaqtida Yevropaning kuçli beşlik çempionatlarida paydo bölişi mumkin bölgan, lekin bu iş amalga oşmay qolgan futbolçilarni yodga olib ötadi.

Maksim Şatskix

Ukraina çempionatining eng yaxşi töpurarlaridan biri, «Dinamo» Kiyev safida Şevçenko-Rebrov tandemidan ularga munosib örinbosar böla olgan Maksim Şatskix kuçli beşlik jamoalari safida töp surişga eng yaqin kelgan futbolçi sanaladi. Çempionlar ligasida muntazam qatnaşadigan kiyevliklar jamoasi tarkibida futbolçi juda muhim gollarni kiritardi. «Nyukasl», «Real» kabi jamoalar darvozasini işğol qilgan hujumçiga juda köp jamoalar oğiz solişadi. Birgina Angliyaning özidan «Nyukasl», «Vest Hem» va «Vest Bromviç» klublari Maks bilan qiziqib körişadi. Ayniqsa, bu borada «Nyukasl»ning qiziqişlari eng jiddiyi bölgan.

Ingliz klubi taklifini futbolçi şunday xotirlagandi: «Nyukasl»ning qiziqişi jiddiy bölgan. Muzokaralar klub rahbarlari darajasigaça çiqqandi. Menga ma'lum bölgani şuki, «Dinamo» meni qöyib yuborişni istamagan. Şu bilan bu transfer amalga oşmay qolgandi». 

Şundan söng Şatskixga Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasidan ham taklif böldi. Rossiyaning «Krylya Sovetov»i esa unga öşa vaqtda jamoa uçun rekord bölgan 5,5 mln yevro taklif qilgandi. Biroq bu transfer ham amalga oşmagan.