Biroz muddat avval saytimizda e'lon qilingan «Soğliqni saqlaş vazirligi 700 kişi imzolagan murojaatni anonim deb topdi» deb nomlangan maqoladan söng Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Basitxanova KUN.UZ tahririyatiga qönğiroq qildi.

«Bizga qilingan murojaatda 700 nafar ijodkor öz ism-şariflarini qayerda işlaşlarini qavsda yozib, yordam körsatilişi kerak bölgan qizlar Baxtiniso Mahmudova hamda Iroda Umarovaning ism familiyasi va yaşayotgan tumanlari — Çiroqçi va Forişdan boşqa heç qanday ma'lumot körsatişmagan. Ular qaysi köçada, qaysi mahallada turişi noma'lumligiça qolgan. Agar öşa 700 ga yaqin insonning ism familiyasidan köra, öşa qizlarning aniq manzili körsatilganida men özim ularning uyiga borib yordam berardim», — dedi Elmira Basitxanova biz bilan suhbatda.

«Nahotki, odamlarning soğliqni saqlaş vazirligi töğrisidagi fikrlari şu qadar salbiy bölsa? «Bir kişi özi töğridan-töğri murojaat qilsa e'tiborsiz qoldiriladi-yu, 700 kişilik murojaat qandaydir kuçga ega», deb öylaşsa? Biz har qanday murojaatni javobsiz qoldirmaymiz. Şifo istagida yurgan yuzlab, minglab odamlarga vazirligimiz tomonidan yordam qöli çözilmoqda. Davlatimiz rahbarining talabi ham şu. Hozirgina ham bir yigitning 1,5 yaşar farzandini yuragini zudlik bilan operatsiya qiliş masalasini hal qildik, ota xursand bölib qabulimdan çiqib ketdi», — dedi E.Basitxanova.

«Virtual qabulxonaga elektron poçta orqali murojaat yozgan odamga ham qizlarning aniq manzillarini biliş uçun şaxsan özim qönğiroq qilib, tuşa olmadim. Mavjud bölmagan raqam degan javob oldim. Imkoni bölsa bizga Baxtiniso Mahmudova hamda Iroda Umarovaning aniq manzillarini topişda yordam bersalaringiz», — dedi soğliqni saqlaş vaziri örinbosari.

Tahririyatdan: Ma'lumki, KUN.UZ sayti ham davolaniş istagida bölgan va imkoniyatlari çegaralangan bemorlarga xayriya aksiyalari uyuştirib kelmoqda. Tan oliş joiz, bizga murojaat qilgan bemorlarga yordam körsatişda Soğliqni saqlaş vazirligi ham doimo yordam qölini çözib keladi. Ayni holat böyiça, agar özlari va yaqinlari rozilik bildirişsa, Baxtiniso Mahmudova hamda Iroda Umarovaga ham saytimizda yordam aksiyasini uyuştirib beramiz. Soğliqni saqlaş vazirligi ham barça zarur yordamni körsatişini vazir örinbosari ham şaxsan ta'kidlab ötdi.