«Xayriya yordamini oliş tartibi, Xitoy elçisini yiğlatgan holat va xalqlarni birlaştirayotgan koronavirus» – Elmira Bositxonova bilan suhbat
|00:36 / 05.04.202075 33612 min
Maxsus komissiya qaroriga köra 1 apreldan joriy qilingan yangi karantin tadbirlari doirasida yakka tartibdagi xayriya aksiyalari vaqtinça töxtatildi.
Endilikda xayriya yordamlari markazlaşgan holda amalga oşirilmoqda.
Kun.uz mazkur yangi tizim, xayriya qiluvçilar hamda xayriyaga muhtoj oilalar uçun uning işlaş mexanizmlari haqida batafsil ma'lumot oliş maqsadida uşbu markazlaşgan xayriya işlari uçun bevosita javobgar organ – Mahalla va oilani qöllab–quvvatlaş vazirligi mutasaddisi bilan suhbat taşkil qildi.
Suhbatdoşimiz vazirning birinçi örinbosari, köp yillar Özbekistonda xotin-qizlar qömitasi raisi sifatida işlagan Elmira Bositxonova.
«Xayriya aksiyalarini ötkazişda bitta tizim yöqligi körinib qoldi»
Vazir örinbosariga bergan dastlabki savolimiz yangi tizim böyiça xayriyaga muhtojlar röyxati qanday şakllantirilayotgani borasida böldi.
Töğri, köpçilik xayriyalarni oçiq-oşkora qabul qilaverişi mumkin, lekin şunday odamlar ham borki, ular kimdandir yordam söraşga iymanadi va buni kimgadir körsatişni ham istamaydi.
«Biz kördik, hamma davlat öz bilganiça va özi tuşunganiça pandemiyaga qarşi kuraşmoqda hamda şu şaroitda jabr körayotganlarga yordam bermoqda», – deya söz boşladi Elmira Bositxonova.
Uning aytişiça, oxirgi örganişlar karantinning eng muhim şarti – odamlar orasida muloqotlarni imkon qadar minimumga keltiriş ekanligini körsatgan. Ammo, karantin davrida mahalla faollari, hokimiyat vakillari yoki volontyorlar tomonidan muhtoj oilalarga yordam yetkazişda aynan mana şu qoidalar buzilişi eng köp kuzatilayotgan kamçilik hisoblanadi.
«Bu jarayonda bitta tizim yöqligi aniq körinmoqda.
Yana bir e'tiborli jihat – xayriya mahsulotlari olişda siz aytganingizdek, qaysidir oila özi şijoat körsatgan bölsa, yana ayrimlari çetda qolavergan.
Mana nega xayriya tadbirlarini tizimli taşkil qiliş zarurati kun tartibiga çiqdi.
Bu tizimning birinçi örindagi vazifasi yordamga muhtoj oilani aniq topiş. Markazlarga uçta yönalişda axborot keladi.
Mavzuga oid
Birinçi yönaliş
– biz taşkil qilgan koll-sentr raqamlari – 1197 orqali.
Biz xayriya mahsulotlarini yetkazişda aynan mana şu yönalişlar orqali yetib kelgan ma'lumotlar orqali işlaymiz», – dedi Bositxonova.
«Karantin tugagaç xayriya tadbirlari vazirlik tomonidan aniq tizimga solinadi»
Karantin tadbirlari doirasida xayriya aksiyalarini markazlaştirilişi özini yöliga, lekin bu tizim bizda avvaldan muammo bölib kelgan. Ya'ni, markazlaşgan holda xayriya taşkil qiliş tizimining özi yöq edi. Xöş, karantin tugaganidan keyin ham markaz öz faoliyatini davom ettiradimi yoki bu faqat karantin doirasidagi faoliyat bölib qoladimi?
Uşbu savolga Bositxonovaning javobi quyidagiça böldi: «Biz har kuni izlanişdamiz. Karantin qança davom etişini bilmaymiz. Har kuni tajriba orttiryapmiz, xulosalar qilamiz.
Xudo xohlasa, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi karantin tugaganidan keyin bu boradagi işlarni ham aniq belgilab oladi».
«Xayriya aksiyalarini ötkazişda turli fondlar yordami katta bölyapti»
Muhtoj oilalarga yuborilayotgan xayriya mahsulotlarning barçasini bir xil mahsulotlar taşkil qiladi.
Savol tuğiladi:har kimda ehtiyojlar turliça. Masalan, kimgadir kartoşka, kimgadir göşt va yana kimgadir soğliği uçun dori yetişmaydi.
Xöş, aholining bu boradagi ehtiyojlari qanday aniqlanadi.
«Ikki kun içida bizni qiladigan xatti-harakatlarimiz vaziyatga qarab özgardi. Masalan, telefon qönğiroqlari orqali ham ayrim fuqarolar öziga kerakli dorilarni söraşmoqda. Şundan kelib çiqib, buning ham yeçim yöllari belgilandi», deydi vazir örinbosari.
Unga köra, xayriya aksiyasiga «Soğlom avlod uçun» fondi vakillarini ham taklif qildik.
«Xayriya aksiyalarini ötkazişda turli fondlar yordami katta bölyapti.
Biz «Soğlom avlod uçun» fondning juda katta miqdordagi dori-darmonlaridan (retsepsiz beriladigan dorilar) foydalanyapmiz. Bundan taşqari, bizga Dori-darmon taşkiloti ham homiy sifatida katta yordam bermoqda», – dedi u.
«Volontyorlarning tibbiy nuqtai nazardan ma'lumoti yetarli»
Xayriya aksiyasidan tuşgan mahsulotlarni aholi xonadonlariga yetkazişda volontyorlar xizmatidan foydalanilmoqda. Xöş, bu borada volontyorlar xavfsizligi qançalik öylagan? Vazirlik xavfsizlik talablarini qay darajada hisobga olmoqda?
Bositxonovaga köra, volontyorlarning tibbiy nuqtai nazardan ma'lumoti yetarli va ularni saralab olişda mana şu jihatga alohida e'tibor qaratilmoqda.
«Ularda tuşunça bor. Volontyorlar hattoki aholiga karatin talablarini örgatişda bizga katta yordam bermoqda. Joylarga çiqib kelayotgan volontyorlarimizning aytişiça, ayrim mahallalarda karantin davrida maktablarga bormayotgan bolalar yiğilib futbol öynayotgan holatlar ham bor ekan. Volontyorlarimiz ularga holatni tuşuntirib, uylariga kiritib yuborişgan.
Bu nimadan dalolat? – Bu ularda ijtimoiy mas'uliyat yuqori ekanligidan dalolat», dedi u.
Suhbatdoşimizning aytişiça, volontyorlar tomonidan xayriya mahsulotlarini aholiga yetkazişda aniq qoidalarga amal qilinmoqda.
Ya'ni, qoidaga köra, olib borilgan mahsulot aholi uylariga tarqatilayotganda mahalla vakillari belgilangan masofadan yaqinlaşmaydi. Mahsulotlarni maxsus kiyimlardagi volontyorlar yordamga muhtoj oila vakillariga uzatişadi.
«Mahalla vakillari volontyorlarga faqat xayriyaga muhtoj oilalarning uyinigina körsatib beradi. Oila mahsulotni qabul qilib olgaç u röyxatga olinadi.
Öylaymanki, bu tizim va şu kabi hamkorlik bilan biz koronavirusdek aqlli duşman ustidan albatta ğalaba qozonamiz», – dedi Bositxonova.
«Pandemiya şaroitida mehr-oqibat. Vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlaşimiz mumkin»
Virus nafaqat özbek xalqi, balki butun dunyo xalqlarini yanada jipslaştirayotgandek.
Elmira Bositxonova bu boradagi fikrimizni ma'qullar ekan, buni birinçi bor yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Tszyan Yan xonim bilan gaplaşganda his qilganini hikoya qildi.
«Elçi xonim öşa paytda Xitoyda infeksiya tarqala boşlagani va Xitoy xalqi unga qarşi jipslaşayotganini menga aytgandi. Elçi şu gaplarni aytayotganda uning közlarida yoş paydo böldi. Buni men Tszyan Yanning vatanparvarlik tuyğusi deb tuşundim.
Aytmoqçi bölganim, biz mana şunday vaziyatda bu kabi tuyğularni yanada mustahkamlaşimiz mumkin.
Keyinçalik pandemiya bizga ham kirib keldi va biz ham Xitoy elçisi his qilgan tuyğularni his qildik.
Biz ham vatanimizni yaxşi köramiz va farzandlarimiz uçun birgalikda harakat qilamiz».
«Tarjimadagi xato tufayli meni tanqid qilişdi».
2 aprel kuniElmira Bositxonova koronavirus infeksiyasi böyiça mavjud holat va uni keng tarqalişini oldini oliş böyiça qilinayotgan işlarga bağişlangan brifingda qatnaşgan edi.
Brifingdan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi bir qança foydalanuvçilar vazir örinbosarini tanqid qila boşlaşdi. Unga köra, Bositxonova sönggi 5 kunda volontyorlar ustidan 500ga yaqin şikoyat kelib tuşgani haqida gapirgan.
Xöş, Bositxonova haqiqatda şunday fikrlarni aytganmidi va agar vazirlikka şu kabi e'tirozlar kelib tuşgan bölsa, volontyorlarga qandaydir çoralar qöllanganmi?
Elmira Bositxonovaga navbatdagi savolimiz şu mazmunda böldi.
«Avvalo, brifing özbek tilida bölganini eslatmoqçiman. Va eşitgan bölsangiz, bunday fikr u yerda umuman yöq edi.
Menda volontyorlar faoliyatini raqamlar böyiça baholaşga vakolat yöq, çunki menda aniq raqamlar böyiça tahlilning özi yöq.
Brifingda sözimni birinçi navbatda öz işiga mas'uliyat bilan yondaşayotgan volontyorlarga minnatdorçilik bildirişdan boşladim.
Keyin jarayondagi xatolarimiz va ularni töğrilaş uçun qilinişi kerak bölgan işlar haqidagi fikrlarga ötdim.
Volontyorlar haqidagi fikrlarim minnatdorçilikdan keyin töxtagan.
Özim ham 2013 yilda qizlar örtasida soğlom-turmuş tarzini tarğib qiliş böyiça volontyorlik harakatini boşlaş haqida öylaganman. Ular heç qanday mablağsiz, qiyin jarayonlarda jonbozlik körsatişadi.
Bu gaplar tarjimadagi xato hisobiga bölgan va şuning uçun meni xato tanqid qilişdi», – dedi suhbatdoşimiz savolimizga javoban.
«Oilaviy yotoqxonalarda yaşaydigan oilalarning deyarli barçasi ehtiyojmand»
Xayriya sifatida berilgan mahsulotni har kim turli muddatda iste'mol qiladi. Masalan, qaysidir oila berilgan mahsulotlarni 4-5 kunda va yana qaysidir oila 10-15 kunda. Bunda birinçi toifadagi oilalar yana yordam söraşi mumkinmi? Bu borada işlar qanday tizimlaştiriladi?
Elmira Bositxonovadan özimizni qiziqtirgan ana şu savol böyiça fikrini söradik.
Uning aytişiça, bu hozir aniq mexanizmga solinayotgan jarayon hisoblanadi.
«Bu boradagi xatolarimizni kamaytirişning birinçi şarti – bugun olingan axborotlar tumanlar kesimida tahlil qilinadi va bugunni özida emas, ertasi kuni yetkaziladi.
Ungaça biz bitta mahalladagi jarayonni töliq örganib çiqamiz.
Bunda öşa tuman mahallalaridagi holatni yaxşi biladigan oqsoqollar va ularning örinbosarlari bilan muloqot qilinadi. Şu muloqot natijasida ertangi röyxat töla tozalanib qöyiladi.
Biz bugungi natijalardan kelib çiqib, ertangi rejalarni ham tuzib olyapmiz. Masalan, Toşkentda oilaviy yotoqxonalar bor. Biz ana şu yotoqxonalardagi törtta oilalarga yordam olib borganimizda qolganlari e'tiroz bildrişdi.
Şundan xulosa qildikki, yotoqxonalarda yaşaydigan oilalarning barçasi ehtiyojmand. Şundan kelib çiqib biz ikki kundan keyin butun yotoqxonaga xayriya mahsulotlarini olib bordik.
Köryapsizki, iş davomida ham yangi rejalarni qilib olyapmiz», deydi vazir örinbosari.
«Homiy öz yordamini qayerga va kimga borayotganiga aniqlik kiritmoqçi bölsa unga har bosqiçni köriş imkoniyati yaratilgan».
Xayriya qiluvçi, savobtalab insonlar özi xayriya qilayotgan mahsulotlarni haqiqiy egalariga yetib borişini qanday nazorat qilişi mumkin? Elmira Bositxonova javobi köpçilikni qiziqtiradigan uşbu savol yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.
Uning aytişiça, xayriya qiluvçilar öz xayriyalarini markazga olib kelib berişi bu – zanjirning bir qismi hisoblanadi.
«Bizda ehtiyojmandlarni qabul qiladigan va yordamlarni qabul qiladigan alohida yönalişlar bor.
Homiy öz yordamini qayerga va kimga borayotganiga aniqlik kiritmoqçi bölsa unga har bosqiçni köriş imkoniyati yaratilgan», – dedi Bositxonova.
«Mahalla raislarini jinoiy javobgarlikka tortiliş holatlari köpaygani, ajratilgan pul mablağlari töğri taqsimlanmagani yangi tizimga nisbatan ham işonçsizlik paydo qilmoqda»
Volontyorlar işi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligiga ötgani ijtimoy tarmoqlarda köpgina foydalanuvçilar tomonidan biroz keskin fikrlar bilan kutib olindi.
Vazir örinbosariga suhbat davomida bergan sönggi savolimiz bu e'tirozlar nima sabadan ekani borasida böldi.
Bositxonova bu holatning sababini oxirgi vaqtlarda mahalla raislarini jinoiy javobgarlikka tortiliş holatlari köpaygani, ajratilgan pul mablağlari töğri taqsimlamagani va şuni oqibatida ularga nisbatan işonçni yöqolganida, deya javob berdi.
«Mana şu işonçning yöqolgani boşlanayotgan yangi tizimga ham ta'sir qilgandir. Lekin bugungi şaffof jarayonlar mana şu işonçsizlikni tarqatib yuboradi deb öylayman.
Bu vazirlikka öziga hos bosim ham yuklaydi va öylaymanki bugun hamma öziga odatdagidan köra köproq bosim olişga könikişi kerak», dedi Elmira Bositxonova.