Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Basitxanova tomonidan imzolangan xatga köra, Prezident virtual qabulxonasiga 700 dan ortiq özbek ziyolilari imzo quygan murojaatni «anonim» deb topib, uni körmasdan qoldirişini ma'lum qilgan.
Prezidentga murojaatda yuzlab ijodkorlar, yozuvçilar, şoirlar va jurnalistlar tibbiy yordamga muhtoj ikki nafar bemor şoira — Baxtiniso Mahmudova hamda Iroda Umarovaga yordam körsatişni söraşgan va «Feysbuk» ijtimoiy tarmoğida imzo töplangan.
«Aziz döstlar! Xabaringiz bor, şoira singillarimiz Baxtiniso Mahmudova hamda Iroda Umarovaning soğligi borasida muhtaram Prezidentimizga murojaat qilgan edik», — deb yozadi ijodkor Alişer Nazar «Feysbuk»dagi öz sahifasida.
«Murojaatnoma» 700ga yaqin imzo bilan Portalga jönatildi va bunga tegişli munosabat ham bildirildi. Ya'ni, har ikkala bemor ijodkorning özi haqida ma'lumot, şu paytgaça erişgan yutuqlari va naşr etilgan kitoblari aytilgan manzilga yetkazildi.
Biroq oradan 2-3 hafta ötib, Portaldan uşbu javobni oldik va hayratdan yoqa uşlab qoldik.

Axir yetti yuzga yaqin imzo bilan borgan xat anonim böladimi? Heç bölmasa, imzo çekkan ism-şariflarga qaralmaydimi? Yuzlab ijodkorlar, yozuvçilar, şoirlar, jurnalistlar... şunça odam töplanib anonim xat yozadimi?
«Murojaatnoma»ning matnida bu qizlarning qayerda, qaçon tuğilgani, erişgan yutuqlari haqida yozib qöyilgan, boğlaniş uçun telefon ham berilgan-ku?! Nahotki, birrov öqib çiqiş şunça qiyin bölsa?! Xullas, tuşunmadik!» — deyiladi xabarda.






