Özbekiston Respublikasida 2001 yildan buyon difteriya kasalligiga çalingan bemor uçramaydi, 1995 yildan beri poliomiyelit bilan kasallanganlar ham röyxatga olinmagan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Basitxanova ma'lum qildi. 

20 noyabr kuni Xalqaro-press klub axborot kömagida taşkil etilgan  “Barqaror rivojlaniş maqsadlari davrida Özbekistonda soğliqni saqlaşni isloh qiliş” mavzusidagi xalqaro anjumanda Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Basitxanova sanitar-epidemiologik işlarning samaradorligi haqida gapirib, ayrim kasalliklarning mamlakatda umuman kuzatilmayotganini bildirgan. 

"Masalan, 30 yildan oşiq muddat içida yangi tuğilgan çaqaloqlarda tetanoz infeksiyasi, 10 yildan buyon qizamiqdan ölim topganlar aniqlanmagan.  1999 yildan beri tif isitmasi bilan kasallanganlar 48,8 baravarga kamaydi. Virusli "B" gepatiti aniqlangan bemorlar esa 32,8 martaga kam uçradi", - deydi vazir örinbosari. 

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, 2 yoşgaça bölgan bolalarni infeksiyalarga qarşi emlaş jarayonida 95-99 foiz közlangan maqsadlarga erişilgan.