Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞdagi prezidentlik saylovlari borişiga aralaşiş böyiça maxsus amaliyotga şaxsan jalb etilgan bölişi mumkin. NBC News telekanali razvedkadagi manbalariga asoslangan holda şu haqda yozmoqda. 

Telekanal xabariga köra, «katta ehtimol bilan» ta'kidlaş mumkinki, Rossiya rahbari AQŞ Demokratik partiyasi serverlari buzilişi natijasida qölga kiritilgan ma'lumotlarni qay yösinda foydalaniş borasida körsatma bergan. 

Qayd etilişiça, dastlab, saylovlarga ta'sir etişdan maqsad Hillari Klintonning 2011 yilgi Rossiya parlament saylovlari xususidagi sözlariga munosib javob berişdan iborat bölgan. 

Biroq, keyinçalik, manbalarning sözlariga köra, Amerika siyosatining korrupsiyalaşganligini körsatiş va AQŞ asosiy ittifoqçilarining undan yuz ögirganini namoyiş etiş asosiy vazifa darajasiga çiqarilgan. Şu bilan bu mamlakatga global yetakçi sifatida işonç bildiriş mumkin emasligiga doir tasavvur hosil qilingan. 

Avvalroq, Forbes jurnali 2016 yilning dunyodagi eng ta'sirli kişisini tanlab, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni törtinçi marta şu nomga munosib körgan edi.