Zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalaniş, mijoz uçun yangi-yangi xizmat turlarini yaratib, amaliyotga joriy etiş Aktsiyadorlik tijorat Xalq bankining muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.
Xususan, uşbu bank jamğarib boriladigan pensiya tizimi iştirokçilari uçun “SMS-xabarnoma” xizmatini joriy etdi. Bundan közlangan asosiy maqsad Jamğarib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi iştirokçilariga yangi, zamonaviy xizmat turlarini körsatiş va ularni şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisob raqamidagi mablağlar holatidan xabardor qilişdan iborat.
Xöş, “SMS-xabarnoma” xizmati nima?
Bu mijozning mobil aloqa vositalari orqali istalgan vaqtda şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisob raqamidagi mablağlar qoldiği töğrisida ma'lumot oliş imkonini beruvçi dasturiy tizim hisoblanadi.
Bu tizimga qanday ulaniş mumkin?
“SMS-xabarnoma” xizmatiga ulaniş uçun jamğarib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda iştirok etayotgan fuqarolar asosiy iş joyi soliq röyxatiga olingan joydagi Xalq banki filialiga murojaat qilişlari lozim. Ixtiyoriylik asosida iştirok etayotgan fuqarolar esa doimiy yaşaş joyidagi Xalq bankining filialidan röyxatdan ötişlari mumkin.
Mijoz Xalq bankining jamğarib boriladigan pensiya tizimi yagona ma'lumotlar elektron bazasiga ulangan kundan boşlab, “SMS-xabarnoma” xabarlarini öz mobil aloqa vositasi orqali olişi mumkin.
Reklama huquqi asosida






