«Aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillaştiriş hamda fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2026 yil 1 noyabrdan boşlab:

  • mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnoma şaklida tovar va xizmatlarni taklif (reklama) qiluvçi har qanday yuridik va jismoniy şaxs faqat şaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan söng uşbu harakatlarni (reklamani) amalga oşiradi;

  • mobil aloqa vositalariga reklama qönğiroqlari va SMS-xabarnomalarni jönatiş xizmatini körsatuvçi yuridik şaxslar öz axborot tizimlarini Şaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazgandan keyin tegişli xizmatlarni körsatişiga yöl qöyiladi;

  • reklama qönğiroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18.00 dan 9.00 gaça tarqatiş taqiqlanadi;

  • mobil aloqa operatorlariga reklama qönğiroqlari va xabarnomalarini abonent söroviga köra töliq yoki qisman bloklaş majburiyati yuklatiladi;

Uşbu talablarga rioya etmaslik reklama hamda şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş hisoblanadi va tegişli çoralar köriş uçun asos böladi.