Bryusselda oçilayotgan Yevropa Ittifoqi sammitida migratsiya va xavfsizlik masalalari markaziy masalalar böladi, deb aytdi jurnalistlarga Yevropa Kengaşi yiğilişiga kelgandan keyin Germaniya kansleri Angela Merkel.
"Bugun Yevropa Kengaşida migratsiya masalasi, jumladan, migratsiyaga qarşi kuraşda Afrika davlatlari bilan hamkorlik masalalari bilan şuğullanamiz. Biz Fransiya prezidenti hamda Italiya va Ispaniya boş vazirlari bilan migratsiyaga qarşi kuraşdagi hamkorlikni yana bir bor tasdiqlaş va biz kontrabandaçilarga qarşi kuraş uçun aynan nima qilayotganimiz va nima qilmoqçiligimizni aytiş uçun Nigeriya prezidenti bilan uçraşdik", deb aytdi Merkel.
Merkel şuningdek migratsiyaning içki masalalari, jumladan çegaralarning qöriqlanişi, Yevropa Ittifoqi-Turkiya kelişuvi, Yevrokomissiyaning migratsion qonunçilik böyiça yangi takliflari ham muhokama qilinişini qöşimça qildi.
Merkelning aytişiça, keçroq YeI yetakçilari Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqiş jarayoni masalasini ham muhokama qilişadi.









