Elektrosamokatga köp hollarda yengillik va ixçamlik yetişmaydi. Gongkong startapi bu holatlarni GoTube modelida inobatga oldi. Teleskopik rul tirgagi alyuminiydan işlangan bölib, bir juft ğildiraklar korpusda maxsus qoplama yordamida berkitilişi mumkin. Tsilindr tubusning hajmi 765x170x120 mm bölib, transport vositasining oğirligi esa 5,8 kilogrammga teng.
Elektrosamokat korpusi uglerod tolalaridan tayyorlangan. Unda mobil telefonni quvvatlantirişga möljallangan USB-port ham mavjud bölib, rulda esa tezlikni nazorat qiluvçi taxometr joylaşgan. Elektrosamokatda ikkita tezlik rejimi bor, şuningdek keçki soatlarda harakatlanişda yordam beruvçi maxsus yoruğlik taratiş tizimi bor.


Ayni damda elektrosamokat 299 AQŞ dollariga taklif etilmoqda. Biroq, erkin savdolarda uning narxi 499 dollar bölişi kutilmoda. GoTube buyurtmaçilarga 2017 yilning mart oyidan boşlab yetkazib beriladi.























