Monterey Bay Aquarium Research tadqiqot instituti mutaxassislari noyob dengiz ximera-baliğini ilk bora tasvirga tuşirişga muvaffaq bölişdi. Arvoh-akula nomi bilan maşhur bölgan uşbu jonivorlar kemirçakli baliqlar turiga kiradi. Video National Geographic saytida çop etilgan.

Jonivor Kaliforniya qirğoqlariga yaqin suvlarda suvosti uskunasi yordamida, ikki kilometr çuqurlikda videoga tuşirildi. Mutaxassislarning xulosasiga köra, bunday turdagi jonivorlar uşbu hududda juda kamdan-kam hollarda uçraydi. Video tahlili esa bu Hydrolagus trolli ekanini körsatib bergan. Unga moviy rang xos bölib, jonivor asosan Avstraliya va Yangi Zelandiyaga yaqin suvlarda yaşaydi.