Pokistonning Pakistan International Airlines aviakompaniyasi xodimlari samolyot parvozi arafasida eçkini qurbonlik qilişdi, deb xabar qilmoqda Express Tribune naşri.

Voqea 18 dekabr kuni Islomobod xalqaro aeroportida, ATR turbovintli samolyoti Mölton şahriga parvozni amalga oşirişga hozirlik körayotgan vaqtda  Bu ATR samolyotlari uçun 12 dekabrdan beri ilk parvoz bölgan. Aviakompaniya şu turdagi samolyotlar parvozini 7 dekabr kuni bortida 47 kişi bölgan ATR 42-500 rusumli havo kemasi halokatga uçraganidan söng, töxtatib qöygan edi. 

"Xodimlar, ATR samolyotlari parvozni qayta boşlaganiga şukronalik sifatida eçkini qurbon qilişdi", — degan işçilardan biri. 

Qurbonlik qiliş vaqtida olingan suratlar tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvçilarning e'tirozlariga sabab bölgan. 

Pakistan International Airlines rasmiy vakili Doniyol Jiloniyning sözlariga köra, bu aeroport xodimlarining şaxsiy taşabbusi bölgan. Kompaniya rahbariyatining bunga aloqasi yuq.