«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, bu masalalar Özbekistonning Pokistondagi elçisi Alişer Töxtayev va Vision Group rahbariyati örtasidagi muzokaralarda körib çiqilgan.

Uçraşuvda kompaniya vakillariga Yangi Toşkent loyihasi, quriliş sohasiga sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlar uçun imtiyoz va preferensiyalar haqida maʼlumot berilgan.

Pokiston tomoniga yangi şaharda infratuzilma va muhim ijtimoiy obyektlarni barpo etişga davlat tomonidan katta mablağ yönaltirilayotgani, hozirgaça 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritilgani aytilgan.

Şuningdek, Yangi Toşkent uçun jami 20 ming gektar yer ajratilgani, birinçi bosqiçda 6 ming gektar hududda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgani taʼkidlangan.

Vision Group vakillari Yangi Toşkentni jozibador va istiqbolli investitsiya yönalişi sifatida körib çiqayotganini bildirgan.

Kompaniya taklif qilayotgan loyiha zamonaviy turarjoy binolari, boğlar, sayilgohlar, favvoralar, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, savdo va köngiloçar markazlarni öz içiga oladi. Aholi va xorijiy mehmonlar uçun ijtimoiy hamda xizmat körsatiş infratuzilmasini yaratiş ham rejalaştirilgan.

Muzokaralar yakunida mazkur loyiha taqdimotini ötkaziş uçun kompaniya işçi guruhining Özbekistonga safarini taşkil etişga kelişilgan. Xabarda loyihaning aniq qiymati va quriliş muddatlari keltirilmagan.

Vision Group 1990-yilda taşkil etilgan bölib, köçmas mulk qurilişi, ommaviy axborot vositalari, kino, farmatsevtika, taʼlim, arxitektura va dizayn sohalarida faoliyat yuritadi.

Agentlik maʼlumotiga köra, guruh sönggi 22 yilda Pokiston şaharlarida umumiy maydoni 2,6 ming gektar bölgan şaharsozlik va quriliş loyihalarini amalga oşirgan. Kompaniya aktivlari 7 milliard dollarga baholanmoqda.