Nokia mobil telefonlar bozoriga Nokia 150 va Nokia 150 Dual SIM tugmali apparatlarini çiqariş bilan qaytdi. Biroq Microsoft Mobile biznesining bir qismini joriy yilda xarid qilgan va Nokia brendiga bölgan huquqni qölga kiritgan HMD Global kompaniyasi bu bilan töxtaş niyati yöq. 

Kompaniya yangi Nokia C1 qurilmasini taqdim etmoqçi. Uşbu model Nokia P’ga öxşaş bölib, qator öziga xos jihatlari bilan ham ajralib turadi. Nokia C1 Snapdragon 835 protsessoriga ega bölib, xotirasi 4 Gbaytga teng. Unda mobil fotosurat havaskorlari uçun 16- va 12-Mp sensorli ikkita kamera mavjud, şuningdek 5-Mp frontal kameraga ham ega. Uskuna 3210 mA•s akkumulyator bilan jihozlanadi. Bozorga xotira hajmi 32, 64 va 128 Gbayt bölgan qurilma turlari çiqariladi. U Android tizimi boşqaruvida işlaydi.

Yangilik 2017 yilda Barselonada taqdim etilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, bu yerda Nokia P bilan ham tanişiş imkoni mavjud.