Fransiyalik afsonaviy aktrisa Mişel Morgan 96 yoşida vafot etdi, deb xabar bermoqda kinoyulduz yaqinlarining xabariga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi.
Aktrisaga jahonşumul şuhratni "Tumanlar sohilböyi" (1938) filmidagi Nelli roli keltirgan, u bu filmda Jan Gaben bilan birga suratga tuşgan. Mutaxassislar Morganni kinematograf tarixidagi "eng çiroyli közlar" sohibasi deb ataşgan.
"Kinematografning eng çiroyli közlari seşanba kuni, 20 dekabrda, hayotining 97-yilida abadiy yumildi", deyildi xabarda.
Aktrisa Kann kinofestivalining eng yaxşi ayol rol uçun mukofoti (1946), kinematografdagi buyuk xizmatlari uçun "Sezar" (1992) va "Oltin şer" (1996) mukofotlarini olgan. 1960 yilda Morgan Gollivuddagi "Şon-şuhrat xiyoboni"da özi şarafiga yulduz bilan taqdirlangan.








