Saylovlarni yutqazgan Gambiya prezidenti Yayya Jamme uni hokimiyatni muxolifat nomzodiga berişga çaqirgan, mamlakatning 12 nafar elçisi va doimiy vakilini işidan böşatdi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Gambiya hukumati 12 nafar elçisini faoliyati töxtatilgandan keyin çaqirtirib oldi", deb aytdi mamlakat taşqi işlar vazirligidagi manba.

Uning aytişiça, bu diplomatlar "saylangan prezident Adam Barrouni tabriklaşgan va qöllab-quvvatlaşgan".

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Jamme Gambiyaning Xitoy, Buyuk Britaniya, Turkiya, Senegal va AQŞdagi elçilarini hamda mamlakatning BMTdagi doimiy vakilini öz lavozimidan böşatgan. Ta'kidlanişiça, ular 2016 yil dekarb oyi oxirida Jammega lavozimini tark etiş aytilgan maktub yöllaşgan.  

Gambiyada prezidentlik saylovlari 1 dekabrda bölib ötgan. Saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, muxolif Birlaşgan demokratik partiyasi nomzodi Adam Barrou saylovlarda 45,5 ovoz bilan ğolib bölgan. Amaldagi prezident Jamme esa 36,7 foiz ovoz töplagan.

Jamme saylovlar natijalarini tan olmasligini va saylov jarayonidagi jiddiy qoidabuzarliklardan afsusda ekanligini aytgan. U özining mağlubiyati böyiça Oliy sudda bahslaşmoqçi. Biroq hozirda Gambiyada Oliy sudning özi yöq. Koalitsiyaning ta'kidlaşiça, prezident öz muddatining oxirgi kunlari arznomasini körib çiqiş uçun sudyalar belgilaşga konstitutsion huquqqa ega emas.