AQŞning Menomoni (Viskonsin ştati) şahridan bölgan Martin Folkzik ismli politsiya zobiti tezlikni oşirgani uçun töxtatgan yoş yigitga böyinboğni töğri boğlaşda yordam berib yubordi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Talaba Trevor Kini zobitga maxsus imtihonga şoşayotgani va böyinboğini töğri boğlab beradigan döstini qidirayotganini aytib berdi.
Folkzik yigitga öz yordamini taklif qilib, böyinboğni töğri boğlab bergan hamda bir vaqtning özida Kinining haydovçilik guvohnomasi va suğurta qoğozlarini ham tekşirişga ulgurdi. Talaba qoidabuzarlik uçun ogohlantirildi, xolos.
Kinining ABC News’ga aytib berişiça, imtihonda yaxşi qatnaşgan hamda yuqori ballga ega bölgan. U zobitdan yana bir bor dars olişga qaror qildi.
«Men u bilan uçraşiş uçun qaytib keldim. U menga buni örgatdi. Bu juda zör», - deya öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi talaba.







