London yaqinidagi şaharçalardan birida yaşovçi Ouen Delani GPS-koordinatalar yordamida yugurib ötilgan yölni tuzib bera oladigan Strava fitnes-trekeri yordamida Yangi yil ramzlari bölgan arça, Santa Klaus va qorbobo suratlarini çizdi. Yugurişni xuş köradigan Delanining bu suratlarini The Telegraph naşri çop etdi.
Gap şundaki, u bu suratlarni yugurib ötib paydo qilgan. Uning bosib ötgan yöli esa trekerda akslangan.
Delanining aytişiça, uni GPS-treker yordamida surat çizişga boğdagi favvora ilhomlantirdi. U treker xaritasida katta kök doğ sifatida tasvirlanadigan bu favvora Rojdestvo buğuçasi Rudolfning burniga juda mos kelişi haqidagi fikrga kelgan.
Ikki farzandning otasi, 42 yoşli Delani Santa Klausni hosil qiliş uçun eng köp masofa, ya'ni 11,5 km yugurib ötişiga töğri kelgan. Uning aytişiça, odamlar u hosil qilgan suratlarni tabassum ila qarşilaşlari uni zavqlantiradi. Uning farzandlari otasining bu qiziqişini unça tuşunmasalarda, biroq hamişa "rassom" otalarini tabassum bilan olqişlaydilar.
Avvalroq GPS-trek bilan surat çizişga uçuvçilar qiziqib qolganlari ma'lum qilingandi. Ular öz parvoz yöllarini Flightradar24 servisi orqali kuzatib borişgan. Ular yaratgan suratlar orasida "hello" sözi körinişidagi surat ham bölgan.














