Yaponiya imperatori Akixito bugun özining 83-tavallud kunini nişonlamoqda. Mamlakatda 1989 yildan beri şu kun milliy bayram sifatida nişonlanadi. Monarx barça yaponlarga qöllab-quvvatlov uçun minnatdorçilik bildirib, majburiyatlari va taxtni asta-sekin 56 yoşli valiahd Naruxitoga beriş niyatida ekanini yana bir bor eslatib ötdi.
Tokiodagi imperator saroyiga esa rekord sonli yaponlar va xorijlik turistlar kelişdi. Ular imperatorni tavallud kuni bilan tabriklaşni maqsad qilişgan. Taşkilotçilar hisob-kitobiga köra, yiğilganlar soni 33 ming kişini taşkil etdi.
An'anaga köra, u kişilar oldida binolardan biridagi oyna bilan yopilgan boloxonali ayvonda rafiqasi Mitiko va boşqa oila a'zolari bilan birga paydo böldi. Yiğilganlar Yaponiya bayroğini hilpiratib, "banzay" deya qiçqirişgan hamda imperatorga "10 ming yil umr" tilaşdi.
Imperatorning özi esa kelganlarga minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, u Niigata prefekturasida röy bergan kuçli yonğin oqibatida jabrlanganlarga hamdardlik izoh etgan hamda Tailandning vafot etgan qiroli haqida ham eslab ötdi.
Yaponiyada bu kun dam oliş kuni etib belgilangan. Joriy yildagi tadbirga esa e'tibor ayniqsa kuçli. Sababi Akixito avgustda taxtdan ketiş va uni özining katta öğli – 56 yoşli Naruxitoga berişi haqida ma'lum qilgandi. Ayni damda hukumat qoşidagi maxsus komissiya uşbu masalani körib çiqmoqda.
Gap şundaki, amaldagi qonunçilikka köra, imperator taxtda ölimiga qadar qolişi kerak. Biroq, sörovlar natijasiga köra, yaponlarning aksariyati Akixitoning bunday qarorini tuşuniş bilan qabul qilişgan.
Akixito 1933 yilning 23 dekabr kuni tavallud topgan. U dunyodagi eng yirik monarxiya avlodi vakili sanaladi. Akixito 1952-1956 yillarda Tokioning Gakusyuin universitetidagi siyosat va iqtisodiyot fakultetida tahsil olgan. U 1952 yilning 10 noyabr kuni taxt vorisi sifatida e'lon qilingan. Yaponiyaning 125-imperatoriga esa 1989 yilning 7 yanvar kuni, otasining ölimidan söng aylandi.









