O‘zbekistondagi muzey direktori Yaponiya imperatori ordeni bilan taqdirlandi
3 noyabr kuni Yaponiya hukumati joriy yilda imperatorlik ordeni bilan taqdirlangan chet el fuqarolari ro‘yxatini e'lon qildi. Bu haqda yapon diplomatik missiyasi matbuot xizmatiga asoslanib «Gazeta.uz» xabar bergan.
Xabar qilinishicha, internatsiya qilingan yapon askarlari muzeyi direktori Jalil Sultonov «Otayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar ordeni» bilan taqdirlangan.
«Janob Sultonov O‘zbekistonda 1940-yillarda yashagan yaponlar tarixini saqlab qolish yo‘li bilan Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashda ulkan hissasini qo‘shdi», — deya ma'lum qildi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
Internatsiya qilingan yapon askarlari muzeyi 1998 yilda tashkil etilgan. Sultonov uni o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga ochgan bo‘lib, hozirga qadar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng O‘zbekistonga kelib qolgan yapon asirlari faoliyatga oid ma'lumot va buyumlarni yig‘ib kelmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 06.11.2024
Viktor Orban «Turkiy dunyo oliy ordeni» bilan mukofotlandi
12:50 / 30.09.2024
Qozog‘iston o‘zbek etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
16:29 / 30.12.2023
Turkiya kompaniyasi ta’sischisi O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
14:52 / 03.11.2023