Epikur va boşqa oddiylik tarafdorlarining fikriça, asosiy ehtiyojlar qondirilişi şarti bilan ham yaxşi yaşaş mumkin. Xuddi şunday fikrni psixolog Abraham Maslouning "ehtiyojlar iyerarxiyasi"da ham topiş mumkin. Biroz töğirlaş kiritilgan bu dalil ortiqça boylikning bir neça çöntaklarga taqsimlanişiga yöl qöymay, har bir insonni oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, soğliqni saqlaş, ta'lim, kommunal xizmatlar va jamoatçilik transporti kabi eng asosiy ehtiyoj bilan ta'minlaşga yordam berişini közda tutadi. 

Suqrot yoki Epikurning oqil va donoliklariga qaramay, envayronmentalizm (XX asrda Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan, atrof-muhit himoyasini kuçaytirişga qaratilgan ijtimoiy ekologik harakat, şuningdek  ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot hamda atrof-muhit boşqaruvi nazariyasi) nuqtai nazaridan oddiy hayot arkonlarini himoya qiliş xayollariga ham kelmagan bölar edi. Ikki asr sanoatlaştiriş, aholi sonining oşişi va haddan ziyod iqtisodiy faollik bizga smog, köl,  daryo va okeanlarning ifloslanişi, zaharli çiqindilar, tuproq eroziyasi, kesilgan örmonlar, jonivorlar va global isişni "meros qoldirdi". Oddiylik falsafasi esa yuqorida qayd etilgan tendensiyalarga çek qöyiş va sayyoramizning nozik ekotizimini saqlab qolişga umid bağişlaydi. 

Köpçilik bu fikrni ma'qullamasligi mumkin, biroq bizning işlab çiqariş va qayta işlaş borasidagi zamonaviy usullarimiz buni amalga oşira olmasa, şunday payt kelişi mumkinki - biz şunçaki oddiylik tomon yuz tutamiz va bu tez orada sodir böladi. Şunday bölgan taqdirda esa qadrli oddiylik an'anasi kelajak falsafasiga aylanadi.