Toll Free Forwarding kompaniyasi olimlari 3000 yildagi odam bizning zamondoşlarimizdan tubdan farq qilişi mumkinligini taxmin etmoqda, deb yozdi Daily Mail. 

Foto: Toll Free Forwarding 

Tadqiqotçilar zamonaviy texnologiyalarning inson anatomiyasi va fiziologiyasiga ta’siri sohasidagi tadqiqotlar va mutaxassislarning fikr-mulohazalari asosida kelajakdagi odamning taxminiy modelini yaratdilar. Hosil bölgan 3D modelga ular Mindi deb nom berişdi. 

Tadqiqotçilar taxminiga köra, gadjetlarga nisbatan tobora ortib borayotgan qaramlik tufayli kelajakdagi inson tanasi ba’zi özgarişlarga duç keladi, masalan, gadjetni doimiy ravişda uşlab turiş zarurati tufayli bel bukilib qoladi, böyin qalinroq böladi va qöl barmoqlari buraladi. 

Közni ekranlarning yorqin nuridan himoya qiliş uçun hozirda faqat ba’zi hayvonlarda böladigan uçinçi qovoq paydo böladi. 

Boşni doimiy ravişda kompyuter yoki planşet ekranlariga egib turiş zarurati tufayli böyin muşaklari kattalaşadi. Boş çanoği suyaklarining qalinligi ham oşişi, miyaning özi esa hajmini kiçraytirişi mumkin. 

Mindi 2019 yilda yaxşi iş şaroitlari muhimligini isbotlaş uçun yaratilgan Emmaning vorisi hisoblanadi. 

Emma tadqiqotçilar tomonidan 3 mingdan ortiq xodimlarning soğliği bilan boğliq muammolar haqidagi suhbatdan söng yaratilgan edi. 

U har kuni stolda soatlab egilgan holatda ötiradi, kompyuter ekraniga uzoq vaqt tikilişdan közlari qizarib ketgan böladi. Köp yillar davomida sun’iy yoruğlik ostida işlagani sababli, terisi sarğiş böladi.