Prezident Şavkat Mirziyoyev Nurafşon şahrida axborot xavfsizligi va raqamli texnologiyalarga ixtisoslaşgan “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan tanişdi.

“Özbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatni mintaqaviy IT-xabga aylantiriş ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Buning uçun davlat boşqaruvi va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlaştiriş, zamonaviy aloqa infratuzilmasini rivojlantiriş, raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş hamda innovatsion ekotizimni kengaytirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Cyber University” davlat universiteti prezidentning 2025 yil 20 yanvardagi qaroriga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida mustaqil oliy ta’lim muassasasi sifatida taşkil etilgan.

Universitetda axborot va kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va robototexnika, kiberhuquq, raqamli kriminalistika hamda kiberiqtisodiyot sohalari uçun xalqaro talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda oliygohda 2 ta fakultet va 4 ta kafedra faoliyat yuritib, 8 ta bakalavriat hamda 2 ta magistratura yönalişida qariyb 1 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

Universitetda 1 585 örinli öquv binosi, 805 örinli talabalar turar joyi, zamonaviy sport majmualari, oşxona va axborot-resurs markazi taşkil etilgan.

Davlat rahbari universitetda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Oliygohda tahsil olayotgan yoşlar bilan samimiy muloqot bölib ötdi.

– Kelajakda sizdek mutaxassislarga ehtiyoj yanada oşadi. Har bir soha va har bir hudud raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakat taraqqiy etmaydi. Şuning uçun sizlar öz ustingizda tinimsiz işlab, eng zamonaviy bilimlarni egallaşingiz kerak, – dedi prezident.

Universitet jamoasi xalqaro kiberxavfsizlik musobaqalari va Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasidagi xakatonlarda yuqori natijalarni qölga kiritib kelmoqda. Ekologik barqarorlik tamoyillari asosida şakllantirilgan oliygohga “Yaşil kampus” maqomi berilgan.