Xitoyning China Southern Airlines kompaniyasi «Eyr Kirgizstan» davlat aviakompaniyasining 49 foiz aksiyasini xarid qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda, transport va yöllar vaziri Jamşitbek Kalilov hukumat majlisida ma'lum qilgan. 

Uning sözlariga köra, hozirda Qirğizistonda 22ta aviakompaniya bor. Ularning 9tasi operator sertifikatiga ega, 5tasi yuk taşiş bilan şuğullanadi, qolgani yölovçilarga xizmat körsatadi. Şu bilan birga, yuk taşiş bilan şuğullanuvi 5ta kompaniya faoliyat körsatmayapti, deb yozmoqda «24.kg» axborot agentligi.

«Ularning sertifikat muddati yakunlangan, şu bois faoliyati töxtatilgan. Ular orasida «Eyr Kirgizstan» davlat kompaniyasi ham bor. China Southern Airlines aviakompaniyasidan rasmiy uşbu kompaniyaning bir qismini xarid qiliş böyiça rasmiy maktub bor», - degan Jamşitbek Kalilov.