Rossiyalik boksçi Aleksandr Povetkinning manfaatlarini bildiruvçi «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy tvitterda sportçining 13 dekabrda topşirgan yangi doping-namunasida taqiqlangan moddalar aniqlanmaganini ma'lum qildi.

"Povetkinning VADA’dagi (Köngilli tarzda dopingga sinovdan ötiş uyuşmasi) yangi namunalari natijasi keldi. Hammasi toza, heç qanday doping yöq", deb yozdi Ryabinskiy.

17 dekabrda Povetkinning WBC çempioni uçun kanadalik Bermeyn Stivernga qarşi jangiga bir neça soat qolganda, rossiyalikning doping-namunasida ostarin moddasi aniqlangani ma'lum bölgandi. Şu sababli Stivern jangdan boş tortgan, uning örniga esa fransuz Yoann Dyuop ringga kötarilgan. Rossiyalik fransuzni 6-raundda nokautga uçratgan, biroq uçraşuv örtoqlik maqomini olib, unda heç qanday unvon öynalmagan.