Belgrad şahrida 66 yoşda afsonaviy styuardessa Vesna Vuloviç vafot etdi. U 1972 yilgi McDonnell Douglas DC-9 samolyotining portlaşidan söng omon qolgan yagona inson sanaladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bergan.

Havo layneri bortida 23 yölovçi va 5 nafar ekipaj a'zosi, jumladan 22 yoşli Vesna Vuloviç bölgan. Ma'lumki, qizning örniga boşqa bort kuzatuvçisi uçişi lozim bölgan, biroq aviakompaniya xatosi bilan aynan Vesna bortda bölgan.

Sobiq bort kuzatuvçisi rekord darajadagi balandlikdan paraşyutsiz tuşib, omon qolgan inson hisoblanardi.

OAV ma'lumotlariga köra, ayol bir neça kun telefon qönğiroqlariga javob bermagan, şundan söng Vuloviçning xavotirga tuşgan döstlari politsiyaga murojaat qilişdi. Ayol yaşagan kvartirada esa uning jasadi topildi.

Vuloviçning ölimiga nima sabab bölgani noma'lum.