Germaniyaning ikkinçi Bundesligasi "Union Berlin" va "Groyter Fyurt" jamoalari örtasidagi öyini çoğida qiziq holat röy berdi. Gap şundaki, unda urilgan gollardan biriga hakam sabab böldi. Uning videolavhasi 20 dekabr kuni Bundesliganing YouTube saytidagi rasmiy sahifasiga joylaştirildi. 

Hakam Bibiana Şteynxaus özi xohlamagan holda mehmon jamoaning gol urişida iştirokçiga aylanib qoldi. "Union" himoyaçisining töpni öz jarima maydonidan uzoqlaştirişga urinişi omadsizlikka uçragan: zarba hakamga tegib, töp "Groyter Fyurt" hujumçisi oyoğiga kelib tuşgan. U esa, qulay imkoniyatdan foydalanib, raqib darvozasi burçagini  aniq nişonga ola bilgan. 

"Union" öyinçilarining e'tirozlariga qaramay, hakam, golni hisoblaşga qaror qildi. Uçraşuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.