Germaniyaning maxsus vazifalarni bajaruvçi kuçlari Rossiya bilan ehtimoliy uruşga hozirlik körişni boşladi. Jangçilar bir neça kunlik reydlar örniga dala şaroitida ança uzoq vaqt qolib ketişga tayyorlanmoqda.

Maxsus vazifalarni bajaruvçi kuçlar (KSK) qömondoni, brigada generali Andreas Kyune bilan suhbatdan parçalar keltirilgan maqola 27-oktabr kuni ertalab Germaniyaning Bild naşrida eʼlon qilindi.

«Biz asosiy duşman - Rossiyaga eʼtibor qaratdik», - dedi harbiy xizmatçi naşrga va maxsus kuçlarning sara otryadi tayyorgarlikdan ötayotganini, uning doirasida uç kunlik amaliyotlardan ança uzoqroq davom etadigan - jangçilar duşman ortida ança uzoq vaqt qolib ketişiga töğri keladigan operatsiyalarga ötiş rejalaştirilayotganini sözlab berdi.

Gap Rossiya bilan uruş boşlangan taqdirda, NATO şarqiy qanotida jang olib boriş şaroitlariga moslaşiş haqida bormoqda. Generalning sözlariga köra, duşman tanklar, artilleriya, uçuvçisiz uçiş apparatlari hamda radioelektron kuraş (REK) vositalariga ega bölişi, jangovar harakatlar esa qahraton sovuq şaroitida keçişi taxmin qilinmoqda.

Kyunening aytişiça, rejaga binoan, KSK otryadi Germaniya Litvada joylaştirayotgan 45-zirhli tank brigadasidan oldinroq jangga kirişi kerak böladi. Generalning taʼkidlaşiça, KSK Boltiqböyi davlatlaridagi öquv maşğulotlari doirasida öz imkoniyatlarini allaqaçon namoyiş etgan va Rossiya ulardan xabardor.