«...Ularning dillarini (özaro) yaqinlaştirgan zotdir. Agar (Siz) yerdagi (hamma) narsani sarflaganingizda ham (ularning) dillarini (bir-biriga) boylay olmagan bölur edingiz. Lekin Alloh ularning örtasini boyladi. Albatta U qudratli va hikmatli zotdir» (Anfol surasi, 63-oyat).
Johiliyat davrida arablarda hamiyat, ğurur, mutaassiblik, gina, adovat juda kuçli bölgan. Bir qabila kişisi begona qabilaga mansub kişining yuziga bir tarsaki ursa, butun qabila oyoqqa turib, to öç olmagunça qöymas edi. Muhammad (sallallohu alayhi vasallam) payğambar bölgan vaqtdan boşlab Ul zotga iymon keltirib, sunnatlariga amal qilganlaridan keyin mazkur holat ijobiy tomonga özgardi. Gina, adovat, hasadgöylik örnini Alloh taolo yölida döstlaşiş, hamjihatlik va mehr-oqibat egalladi.
Avs bilan Hazraj qabilalari örtasida bir yuz yigirma yillik adovat saqlanib kelar edi. Islom dini şarofati bilan ular döstu birodarga aylanişdi.
Islom dini insonlarni doimo bir-birlari bilan yaxşi muomalada bölişga buyurar ekan, ularning muomalalari beğaraz bölişi uçun özaro munosabatlari ham samimiy bölişi lozimligini ta'kidlaydi. Zero, inson tabiatan kirişimli qilib yaratilgan, ya'ni u jamiyatdan ajralib, alohida yaşay olmaydi. Şunday ekan, mömin kişi diniy va dunyoviy işlarini töğri yölga qöyişda solih döstu yorlarni tanlaşi lozim.
Qur'oni karimda möminlar özaro bir-birlariga döstu birodar ekanliklari bayon qilinib:
«Albatta, möminlar dinda özaro birodardirlar…», - deyilgan (Hujurot surasi, 10-oyat).
Agar bu döstlik Alloh taolo uçun bölsa, u yana ham mustahkam böladi. Çunki, Alloh roziligi uçun bölgan döstlikka heç qanday dunyoviy ğaraz aralaşmaydi. Boşqaça qilib aytganda, dunyoviy işlar yuzasidan san-manga borib qolgan taqdirda ham ularning döstligiga putur yetmaydi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda aytilişiça, Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam): «Alloh taolo heç qanday soya bölmaydigan qiyomat kunida yetti toifa insonlarga Özining arşisi soyasidan joy beradi. Ulardan biri Alloh taoloning roziligi uçun döstlaşgan insonlardir», - deganlar. Boşqa bir hadisda esa:
«Alloh taolo yölida döstlaşgan insonlar uçun oxiratda nurdan minbarlar barpo qilinadi. Ularni körib hatto payğambarlar va şahidlar ham havas qiladilar», - deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Darhaqiqat, ahli solih kişilar bilan oşno bölgan inson heç qaçon pand yemaydi. Bunday kişilar bilan döstlaşiş nafaqat dunyoda balki, oxiratda ham foyda berişi Qur'oni karimda bayon qilingan (Zuxruf surasi, 67-oyat).








