Avstraliyaning Lorn şahrida ötgan Falls Festival musiqiy festivalida yuzaga kelgan tiqilinç oqibatida 20 yoş atrofida bölgan kamida 60 kişi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Age naşri.

Naşrning yozişiça, 60 kişidan 19 nafari jiddiy, jumladan umurtqa, boş va yuz  jarohatlari olganlar.

Politsiya ma'lumotlariga köra, tiqilinç festivalga yiğilganlar mahalliy DMA guruhi öz çiqişini yakunlagan hududdan London Grammar britan guruhi çiqişi kerak bölgan sahnaga ötmoqçi bölganda yuzaga kelgan. Oqibatda köpçilik odamlar yiqilib, qolgan odamlar oyoqlari ostida qolib ketganlar.

Jarohatlanganlar şifoxonalarga yetkazilganlar, qolgan guruhlarning çiqişi töxtatilgan.
 
Naşr ma'lumotlariga köra, jarohatlangan yoşlarning darğazab ota-onalari farzandlari bilan boğlana olişmagaç, festival taşkilotçilariga Facebook ijtimoiy tarmoği orqali batafsil ma'lumot oliş maqsadida xabar yuborişgan, biroq hozirça javob olişmagan.