Qirğiziston maxsus xizmatlari respublika fuqarosi Istanbuldagi teraktga aloqador bölişi mumkinligi haqidagi ma'lumotni tekşiradi. Bu haqda RIA Novosti mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qömitasidagi manbaga asoslanib xabar bergan.
"MXDQ respublika fuqarosi Istanbuldagi teraktga aloqadorligi haqida tarqatilgan xabarni tekşirmoqda. Turkiya hukumatiga bu borada sörov yuborildi", — degan agentlikka qömita matbuot xizmati boşliği Rohat Sulaymonov.
Istanbuldagi Reina tungi klubiga Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan şaxs 1 yanvar kuniga ötar keçasi bostirib kirdi va Yangi yil bayramini nişonlayotgan odamlarni qirğin qildi. U hujum uyuştirgan vaqtda bino hududida 700ga yaqin kişi bölgan va hujum oqibatida 39 kişi halok bölib, 69 kişi jarohatlangan.
Hujum uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.
Avvaliga bu hujumni uyuştirgan terrorçi yöq qilingani haqida aytildi. Köp ötmay bu ma'lumot inkor qilindi.
Ayni vaqtda uşbu terrorçini qidiriş işlari davom ettirilmoqda.
1 yanvar kuni politsiya terakt IŞID a'zosi bölgan Özbekiston yoki Qirğiziston fuqarosi bölişi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.
Bugun terakt ijroçiligida gumonlanuvçining Istanbul böylab kezib yurganida özi tomonidan olingan video namoyiş etilgandi.
Köp ötmasdan bu terakt Qirğiziston fuqarosi bölgan 28 yoşli Yahyo Maşrapov tomonidan sodir etilgani haqida xabar tarqatildi.












