Turkiya huquq-tartibot organlari Istanbuldagi Reina tungi klubida Yangi yil bayramini nişonlaş uçun yiğilganlarni qirğin qilgan terrorçining şaxsi haqida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinişiça, bu terakt Qirğiziston fuqarosi bölgan 28 yoşli Yahyo Maşrapov tomonidan sodir etilgan. Uning pasporti surati TRT World davlat telekanalida namoyiş etilgan.

Bu hujjat unga Qirğiziston hukumati tomonidan 2016 yilning 21 oktabrida berilgani ma'lum.

Bu ma'lumot hozirça rasman tasdiqlanmagan.

Bundan oldinroq Maşrapovning Istanbul böylab kezib yurganida özi tomonidan olingan video namoyiş etilgandi.

1 yanvar kuni politsiya terakt IŞID a'zosi bölgan Özbekiston yoki Qirğiziston fuqarosi bölişi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.