Iroqning Mösul şahrini har kuni tark etayotgan odamlar soni şaharni jangarilardan ozod qiliş operatsiyasining 2-bosqiçi boşlangandan keyin 50 foizga oşdi. Bu haqda BMT boş kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi. 

Dyujarrik bergan ma'lumotlarga köra, 29 dekabrdan Mösulda harbiy operatsiyalar faollaşgani kuzatilmoqda. Oxirgi 5 kun içida şahardan 13 ming kişi qoçib ketgan. "Şaharni har kuni tark etayotgan odamlarning örtaça soni harbiy harakatlar faollaşganidan keyin deyarli 50 foizgaça – 1,6 mingdan 2,3 minggaça oşgan", deb aytdi Dyujarrik. Uning aytişiça, Mösulni tark etgan odamlar soni 130 minggaça yetgan.

Dyujarrikning ma'lum qilişiça, BMT va uning hamkorlari şaharning şarqiy mavzelariga gumanitar yordam yetkazmoqda, vaziyat barqarorlaşgan. Mösulda har kuni 1 tonna suv, oziq-ovqat va birinçi ehtiyojdagi tovarlar taqsimlanmoqda.