Hillari Klinton turmuş örtoği, AQŞning 42-prezidenti Bill Klinton bilan respublikaçi Donald Trampning yangi lavozimga kirişiş marosimi, 45-prezident inaguratsiyasiga taşrif buyuradi. Bu haqida CNN telekanalida ma'lum qilindi.
Amerika ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga köra, Donald Trampning inaguratsiyasida AQŞning hayot bölgan barça prezidentlari qatnaşadi. Faqat tönğiç Jorj Buşgina bundan mustasno: mamlakatning 92 yoşli 41-prezidenti soğliğidagi muammolar sabab bu marosimga kela olmaydi. Uning öğli, AQŞning 43-prezidenti kenja Jorj Buş va sobiq birinçi xonim Lora Buş jurnalistlarga Trampning inaguratsiyasiga kelişi haqida ma'lum qilişgan. Mamlakatning 39-prezidenti Jimmi Karter ham marosimda iştirok etişini tasdiqlagan.
AQŞning yangi saylangan prezidentining inaguratsiyasi 20 yanvar kuni bölib ötişi kutilmoqda.









