Daily Mail xabariga köra, 2017-2018 yilgi mavsum taqvimining qoralama variantida 17 kun içida 6ta tur ötkazilişi nazarda tutilgan. Uçraşuvlar 16, 20, 23, 26 va 30 dekabr, şuningdek, 1 yanvar kunlarida bölib ötişi möljallangan.
Xabarda yozilişiça, Rossiyada ötkaziladigan 2018 yilgi Jahon çempionati (turnir 14 iyun kuni boşlanadi) tufayli Premer-liga öyinlarni ertaroq yakunlaşni rejalaştirmoqda. Şu orqali futbolçilar mundialga tayyorlaniş uçun köproq vaqtga ega bölişi maqsad qilingan.
Angliya Kubogining may oyida ötkaziladigan final uçraşuvi esa tur öyinlariga xalaqit bermaydigan maxsus kunga belgilanadi.
«Lester», «Everton» va «Tottenhem» klublarining sobiq futbolçisi Gari Lineker esa yangi mavsum uçun taqvim rejasiga şunday munosabat bildirgan: «Menimça, bu aqldan emas. Aqldan ozişmoqda».












