Xitoydagi ikkinçi eng yirik smartfon va telekommunikatsiya uskunalari işlab çiqaruvçisi hisoblanmiş ZTE korporatsiyasi yangi köz bilan boşqariluvçi smartfon işlab çiqarişni muvaffaqiyatli yakunlagani haqida e'lon qildi. Bu haqida 5 yanvar, payşanba kuni "Sina" axborot portali xabar berdi.
Manbaga köra, gadjyetning old kamerasiga örnatilgan maxsus texnika yangi telefonga köz harakatlari bilan ta'sir ötkaziş imkonini beradi. Smartfonning taşqi sathi maxsus material bilan qoplangan bölib, uni osonlik bilan devorga yopiştiriş, zarurat tuğilganda esa yana qaytib oliş mumkin.
Işlab çiqaruvçilarning ma'lum qilişlariça, hozirda yangi qurilma tajriba bosqiçida. Şu bilan birga loyihani moliyalaştiriş masalalari borasida ham kelişuv işlari olib borilmoqda. ZTE uşbu mahsulotini 2017 yilning sentabrida ommaga taqdim etişi kutilmoqda.












