Hindistonlik maşhur aktyor Om Puri 66 yoşida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “Bi-Bi-si” xabar bermoqda.

Puri 6 yanvar kuni tongda, Mumbaydagi öz uyida vafot etgan, deb marhumning qarindoşlari bergan ma'lumotga asoslanib, xabar bergan manba.
Om Puri kinematografiya sohasining faxriysi bölib, 100dan ziyod kinokartina va televizion filmlarda suratga tuşgan. Ular orasida “Disko raqqosi”, “Qonun va qasos 2”, “Don”, “Sartaroş Billu” kabi maşhur filmlar bor. Aktyor öz faoliyati davomida 10dan ziyod kinomukofotlarni qölga kiritgan. Çexiya va Kanada kinofestivallarida qatnaşgan.