AQŞ prezidenti Barak Obamaga mamlakat prezidentligi uçun saylovlarga «Rossiya va boşqa mamlakatlar aralaşuvi»ni isbotlaydigan hisobot taqdim etilgan. Bu haqda, AQŞ Milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper bayonotiga asoslangan holda The Associated Press agentligi xabar qilmoqda.
Içki xavfsizlik vazirligi va Milliy razvedka tomonidan tayyorlangan hisobotda aytilişiça, AQŞ hukumatining saylovlarga xorijdan aralaşuv bölganiga va Rossiya Demokratik partiya a'zolari poçtasini buzganiga «işonçi komil». Milliy razvedkaga köra, «Moskva Donald Trampning ğalaba qozonişi uçun aralaşgan».
Agentlik xabariga köra, Klepper va ayrim yuqori lavozimli mulozimlar, Rossiya AQŞ hukumati, harbiylari, diplomatik va tijoriy amaliyotlari uçun jiddiy xavf soladi, deb hisoblamoqda.
Uşbu hisobotning ayrim maxfiy bölmagan qismlari kelasi haftada e'lon qilinişi kutilmoqda.








