Omadga erişib, baxtli hayot keçirişni istaganlarga milliarderning maslahatlari
|14:57 / 08.01.201755 6869 min
2007 yilda milliarder Çarlz Manger Janubiy Kaliforniya universiteti bitiruvçilari oldida çiqiş qildi. «Har biringizni nima sababdan spiker juda qari degan savol qiynaşi mumkin, — dedi u. — Javob ravşan: «Spiker hali vafot etmagan». Manger hozir ham tirik. Uning bölajak yuristlar oldida bergan maslahatlari uzoq va baxtli umr keçirişni istaganlar uçun qöl kelişi aniq.
Çarlz Manger - amerikalik advokat, taniqli iqtisodçi, professional sarmoyador hamda Uorren Baffetning işdagi hamkori.
Çarlz Manger
1. Işonç, omad va şuhratni qozoniş kerak
Juda oson qoida. Oltin qoida deyiş ham mumkin. Siz dunyodan istagan narsangizni olişingiz mumkin, agarda uni örniga özingizni qöya olsangiz. Köp hisobda, şu tamoyilga asoslanib yaşaydigan insonlar boylik va şuhratga ega bölişadi. Insonlar işonçini qozona turib, ularning hurmatini ham qölga kiritişadi.
Özgalarning işonçini oqlay biliş, juda ham yoqimli.
2. Töğri insonlardan havas qilişni örganing
Ikkinçi ğoyaga men ança avvalroq yaqinlaşganman: boşqalarga bölgan havassiz sevgi böla olmaydi. Bu inson tirik bölişi şart emas. Muhimi — u sizni ilhomlantira olişi. Butun hayotim davomida men ana şu ğoya bilan yaşadim va u men uçun juda, juda foydali bölgan.
3. Bilimlar egallaş — bilimlarni tajribada qöllaş kabi ma'naviy burç
Bu tamoyildan muhim bir oqibat yuzaga keladi. U esa öz hayotingizni yangi bilimlarni çinakam izlaşga qaratişingizni anglatadi. Yangi bilimlarni egallamay turib, öz majburiyatlarini yaxşi bajara oladigan insonga aylana olmaysiz. Özingizda bor bölgan bilim va könikmalar bilan uzoqqa bora olmaysiz.
Olğa intilişga harakat qilsangiz, siz universitetni bitirgaç ham öqişda davom etişingiz lozim...
Agar sivilizatsiya faqat yangi ixtirolar yaratiş bilan rivojlana olsa, siz ham faqat yangi bilimlar egallaş bilan rivojlana olasiz.
4. Barça narsani oz-ozdan bölsa ham tuşunişni örganing
Men sezdimki, boşlanğiç ğoyalar - bu istalgan sohadagi 95 foizli muhim axborotdir.
Mavzuga oid
Butun hayotim davomida tajribada bu yondoşuvni qölladim. U menga bergan barça narsalar haqida ayta olmayman, biroq u hayotimni yanada quvonçli, özimni esa boşqalar uçun foydaliroq va samaraliroq qildi. U boyişimga yordam berdi.
Bu yondoşuvning xavfi ham mavjud: turli soha ekspertlari, ba'zan sizning rahbaringiz mavqeiga ham ta'sir körsatişi mumkin. Siz ularga nisbatan yanada köproq bilişingiz va tezda töğri qarorlar qabul qila olişingiz mumkin.
Biroq bu yondoşuv agarda imtihonda beş baho oliş uçun şunçaki ma'lumotni yodlab olsangiz, iş bermaydi. Siz ularni şu qadar yaxşi bilişingiz kerak-ki, fikrlaş jarayonida işlata olişingiz lozim. Şundagina ularni boşqa sohalarda ham qöllay olasiz.
5. Faqat oqibatlar haqida emas, muammo keltirgan narsalar haqida öylaşni örganing
Muammolarni boşqa tomondan qaralganda hal etiş ança osonroq böladi.
Ya'ni, siz Hindistonga yordam bermoqçi bölsangiz, özingizga Hindistonga qanday qilib kömak berişingiz haqida emas, balki unga aynan nima katta ziyon keltirayotgani va bundan qoçiş uçun qanday işlar qiliş kerakligi töğrisida savollar bering. Balki nuqtai nazar böyiça ikkisi ham bir narsadek tuyulişi mumkin. Biroq unday emas.
6. Işonçli böling
Agarda siz işonib bölmaydigan odamlar toifasiga kirsangiz, sizning barça yaxşi xususiyatlaringiz tezda yuvilib ketadi. Şunday ekan, barini sof vijdonan bajaring, dangasa bölmang.
7. Haddan ziyod berilişdan qoçing
Siz çeklangan dunyoqaraşli insonlarni körgansiz. Masalan, din peşvolari qarama-qarşi nuqtai nazarlardan özlarini saqlaşadi. Ularni bir narsa birlaştiradi: ular çegaradan çiqa olmaydi va erkin fikrlay olmaydi.
Bu siyosiy jihatlarga ham tegişli. Yoşlik davringizda qandaydir ğoya bilan yonib-kuyiş, unga işoniş, özingizni uni tarafdori, deb ataş oson. Siz özingizni ideologiya doirasida yana uzoqroq surib ketaverasiz. Siz mustaqil öylaşni örganing.
8. Hasad, ğazab va öz-özingizga açinişdan xalos böling
Nima sababdan özingizni azoblab, açinib yaşaşingiz kerak? Bu fikrlaşning falokatli turidir. Ular şu bilan birga tezda odatga aylanadi.
Mening özi bilan doim kartalar yiğindisini olib yuradigan bir döstim bor. Agar kimdir unga öziga açinişdan iborat bölgan qandaydir hikoya aytib bersa, kartalardan birini olib, öşa insonga beradi. Kartada şunday yozilgan: «Sizning hikoyangiz menga juda ta'sir qildi. Men heç qaçon sizdek boşiga köp kulfat tuşgan insonni uçratmaganman». Buni hazil deb hisoblaşingiz mumkin. Biroq mening fikrimça, özingizga nisbatan açiniş hissini sezsangiz, sababi mutlaqo muhim emas. Balki farzandingiz saratondan vafot etar, biroq özingizga açiniş vaziyatni töğirlaşga yordam bermaydi. Şunçaki özingizga şu kabi kartalardan birini körsating.
Özingizga açinişdan töxtay olsangiz, siz özgalar oldida katta hurmat qozonasiz. Aybni vaziyat yoki boşqa kişilar böyniga qöymang. Öz qilgan işlaringiz uçun mas'uliyatni qölingizga oling.
9. Özingiz havas qiladigan insonlar bilan işlang
Agarda birga işlayotgan insonlar sizga ilhom bağişlasa, hayotingiz yanada köproq quvonçli ötadi. Buning uçun mahorat kerak böladi. Men ham ilhomlantiradigan insonlar bilan işlaşga qaror qilganman. Heç qaçon ular haqida yomon fikr eşitmaganman. Xuddi şunday, doim menga havas qiladigan insonlarga rahbarlik qilganman.
10. Murakkab vaziyatlarda ham obektiv bölişni örganing
Doimiy obektiv tekşiruvlar töğri fikrlaşni istasangiz doim zarur. Bu borada Darvin kabi dalillarga asoslanib yaşaş yordam beradi. Röyxatdagi barça narsani tekşirib, siz köp sonli xatolardan qoçgan bölasiz. Yaxşiroq foyda beradigan boşqa usul yöq.
11. Qobiliyatli insonlarning boşqarişiga ruxsat bering
Fikrimça, hayot agarda köp işlar qobiliyatli, köngilli va örgata oladigan insonlar qölida bölsa köp munosabatlarda faqat ğolib böladi. Bu sivilizatsiyaning muhim şartidir.
Siz malakasi yetarli bölmagan mutaxassislar tomonidan yaratilgan samolyotda uçişni istamaysiz. Siz kompaniyangizda qobiliyatsiz kişilar işlaşini xohlamaysiz. Siz hokimiyat töğri insonlar qölida bölişini istaysiz.
12. Nimaga köproq qiziqiş bildirsangiz, öşa sohada omadli bölasiz
Agar inson qandaydir işda omadga erişmoqçi bölsa, unga sönmas qiziqiş bildiriş zarurdir. Köp sonli işlarni yaxşi tuşunişim mumkin, biroq agar qiziqtirmasa, men sohada eng zöri böla olmayman. Şu sababli, qölingizdan kelsa, qiziqqan işingiz bilan şuğullaning.
13. Ötiring va oxiriga yetkazmasdan turmang
Ikki tanişim kiçik quriliş firmasini yaratişdi. Barça işni baravariga olib borişdi va muhim bir qoida böyiça boşqarişdi. U quyidagiça: «Har safar muddatigaça bitira olmasak, ikkimiz ham yakuniga yetmaguniça kuniga 14 soatlab işlaymiz. Bu qoida ularni uyaltirmadi va natijada juda badavlat şaxsga aylanişdi.
14. Omadsizlikni yanada yaxşiroq bölişning bir imkoni sifatida işlating
Hayot qörqinçli, nohaq zarbalarni yöllaydi. Biroq bularning barida ma'no bor. Şunçaki, kimdir kötariladi, kimdir — yöq. Fikrimça, qadimiy yunon faylasufi Epitketning nazariyasi bunga töğri keladi. U hayotdagi har bir baxtsizlik — bu özni körsatiş va nimadir örganişning imkoni deb hisoblagan. Sizning qarzingiz — özingizga açinmay, zarbani kerakli buyumga aylantirişdir.
15. Insonlarga işoning
Bu men sizlar bilan örtoqlaşmoqçi bölgan eng sönggi ğoya. Xavfsizlik tartib va çoralari — bu sivilizatsiyaning eng oliy şakli emas. Tsivilizatsiyaning eng oliy şakli — bu erişilgan işonç tizimi. Muhimi, insonlar bir-birini kör-körona qat'iy qoidalarga asoslanib kuzatişi emas, balki bir-biriga töliq işona olişidir.
Işonç şaxsiy hayotda ham bölişi kerak. Agar turmuş kelişuvingiz şartlari 47 varaqdan iborat bölsa, oila qurişni maslahat bermayman.