Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: 2ta ish o‘rnini yaratgan tadbirkorni boshimda ko‘tarishga tayyorman

Kecha, 7 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlari xodimlari bilan uchrashdi. Unda davlatimiz rahbari prokuratura organlari e'tiborini bir qator muhim masalalarga qaratdi. Shulardan biri tadbirkorlik faoliyatiga oid bo‘ldi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, farovon turmushini ta'minlashda muhim o‘rin tutayotgan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, prokuratura organlari tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni himoya qilish yuzasidan o‘tgan yili 5 oktabrda qabul qilingan farmon talablariga so‘zsiz amal qilinishini ta'minlashlari zarurligi ta'kidlandi.
"Ming afsus, tadbirkorlik sub'yektlarida noqonuniy tekshirish o‘tkazish va ularning faoliyatiga asossiz aralashish holatlari hamon uchramoqda. Jumladan, oxirgi ikki yilda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarida 209 marta noqonuniy tekshirish o‘tkazilgan va 702 holatda ularning faoliyatiga asossiz aralashilgan", - dedi davlatimiz rahbari.
Sh. Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Jizzax, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida tadbirkorlikni noqonuniy yo‘l bilan tekshirishga bog‘liq bor-yo‘g‘i bittadan holat aniqlangan. Sirdaryo viloyatida esa birorta ham bunday holat aniqlanmagan.

"Bilmadim, balki bu borada prokuratura organlari xodimlari hech qanday kamchilik yo‘q, deb o‘ylab yurgandir, lekin bizdagi ma'lumotlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Tahlillarga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘yicha kichik biznes sub'yektlarining qariyb 16 mingtasi yoki 7 foizi o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Bunday holatlar barcha hududlarda mavjud", - deya ta'kidladi Prezidentimiz. Misol tariqasida Toshkent viloyatida - tadbirkorlik sub'yektlarining 15 foizi, Sirdaryo viloyatida - 13 foizi, Jizzax viloyatida - 10 foizi faoliyat ko‘rsatmayotganligi qayd etildi.
"Eng yomoni, buning oqibatida mavjud ish o‘rinlari yo‘qotilmoqda. Ma'lumki, tadbirkor o‘zining bola-chaqasidan qiyib, to‘plagan puli, mol-mulkini yangi ish ochishga sarflaydi. Bankdan kredit olsa, uni ham foizi bilan o‘zi to‘laydi. Unga hech kim har 15 kunda byudjyetdan avans yoki oylik bermaydi. Shunga qaramasdan, tavakkal qilib, huzur-halovatdan kechib, bor imkoniyati va mablag‘ini xavf-xatarga qo‘yib, o‘z ishi uchun kecha-yu kunduz jonini berib ishlaydi. Shu yo‘l bilan nafaqat o‘z oilasini, balki el-yurtni ham boqadi. Shu ma'noda tadbirkor bu haqiqiy fidoiy inson. Shaxsan men bunday insonlarni, ikkitagina ish o‘rnini yaratgan tadbirkorni boshimga ko‘tarishga tayyorman", - dedi Sh. Mirziyoyev.
"Tadbirkor boy bo‘lsa, davlat ham, xalq ham boy bo‘ladi, degan fikrni qayta-qayta takrorlashdan charchamayman. Shu munosabat bilan yana bir bor ta'kidlab aytmoqchimanki, tadbirkor yo‘liga qarshi chiqish davlat siyosati, prezident siyosatiga qarshi chiqishdir. Afsuski, bu borada aytilayotgan gaplar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlarga nisbatan tamagirlik holatlari hali-hanuz uchrab turibdi. Bu esa tadbirkorlarda haqli ravishda norozilik hissini uyg‘otmoqda", - deya ta'kidladi davlatimiz rahbari.
Shuningdek bunday holatlarning har biri bo‘yicha aybdor shaxslarni aniqlab, so‘zsiz jinoiy javobgarlikka tortish shartligi ta'kidlandi. Bundan buyon har qaysi tuman va viloyat prokurorlarining faoliyati u ishlayotgan hududda qancha yangi tadbirkorlik sub'yektlarini tashkil etgani, qancha tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilganiga qarab baho beriladigan yangi tizim joriy qilinishi ta'kidlandi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024