Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Amerikaliklar Rossiya madhiyasini ijro etib, Tu-154 fojiasi qurbonlari xotirasini yod etishdi
Nyu-York shahridagi Shiller instituti xori o‘t o‘chirish xizmati va shahar departamenti politsiyachilari hamkorligida Tu-154 aviahalokati qurbonlarini xotirlashdi. Xotira marosimida Rossiya madhiyasi ijro etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 25 dekabr kuni Sochi shahridan ko‘tarilgan Tu-154 samolyoti havoga ko‘tarilganidan 70 soniya o‘tib Qora dengizga qulagan edi. Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 92 kishining barchasi halok bo‘lgan.
Yo‘lovchilarning aksariyati Rossiya armiyasining Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli a'zolari edi. Ular rossiyalik harbiylarga Yangi yil konserti taqdim etish uchun Suriyaga uchib ketayotgan edi.