AQŞ hukumati 2014 yilda Afğonistonning Gilmend viloyatidan öz qöşinlarini olib çiqib ketgandan keyin bu viloyatga dengiz piyoda askarlarini birinçi marta yubormoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

AQŞ armiyasi general-mayori Rojyer Ternerning jurnalistlarga aytişiça, 300 ga yaqin askar Gilmendga mahalliy xavfsizlik kuçlariga "Tolibon" radikal harakati jangarilari bilan kuraşda yordam bergani uçun yuboriladi.

Generalning ta'kidlaşiça, piyoda askarlarning joylaştirilişi qöşinlarning muntazam rotatsiyasi doirasida ötkaziladi. Ular hozirda afğon harbiylarini tayyorlaşda iştirok etayotgan harbiylarning örinlarini egallaşadi.

Gilmendda AQŞning ikkita bazasi: Camp Letherneck va Camp Bastion joylaşgan edi. Gilmendda qöşinlarning 2014 yili olib çiqilişi Afğonistonda xalqaro missiya faoliyatining tugatilişi böyiça eng yirik operatsiyalardan biri böldi. 

AQŞ Afğonistonga öz qöşinlarini 2001 yilda "Tolibon" tuzumini ağdariş va "Al-Qoida" terrorçilari bilan kuraşiş uçun kiritgandi. Dastlab qöşinlar 2014 yilda töliq olib çiqib ketilişi rejalaştirilgandi, biroq Afğonistonning hozirgi ma'muriyati harbiylarning bir qismini mahalliy xavfsizlik kuçlariga yordam tariqasida qoldirişni iltimos qilgan.