Avstriya rossiyalik tört nafar diplomatni «persona non grata» deb e’lon qildi. Avstriya Taşqi işlar vazirligiga köra, ular bir hafta içida mamlakatni tark etişi kerak.

Agentlik ma’lumotlariga köra, qaror Rossiya elçixonasining ikki xodimiga tegişli. Ular «diplomatik maqomga töğri kelmaydigan harakatlar»da ayblangan. Ulardan taşqari Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ikki diplomati ham «persona non grata» deb e’lon qilindi. Ular, deb yozadi Taşqi işlar vazirligi, Vena şahrida «ştab-kvartira kelişuviga mos kelmaydigan harakatlar» qilgan.

Rossiya diplomatlari 8 fevralgaça Avstriyani tark etişi kerak. Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligi hozirça vaziyatga izoh bermadi.

2 fevral kuni suriştiruvçi jurnalist va Bellingcat rahbari Xristo Grozev xavfsizligiga ehtimoliy tahdid tufayli 20 yildan beri yaşab kelgan Venani tark etdi. Uning sözlariga köra, «şaharda politsiyaçilardan köra rus agentlari va informatorlari köproq».

2022 yil aprel oyida Avstriya Rossiya elçixonasining uç xodimini va Zalsburgdagi boş konsulligining bir xodimini mamlakatdan çiqarib yubordi. Bunga javoban Rossiya TIV Avstriya elçixonasining tört nafar xodimini çiqarib yuborgan edi.

2023 yil yanvar oyi oxirida Litva Taşqi işlar vazirligi rahbari Gabriyelius Landsbergis Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya elçilarini çiqarib yuborişga çaqirdi. Bungaça Estoniya va Latviya Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi. Litva buni 2022 yil aprel oyida amalga oşirdi.