«Real» jamoasi hujumçisi FIFA talqiniga köra, 2016 yilning eng yaxşi futbolçisi sifatida tan olindi. Quyida uşbu portugaliyalik çempion haqida futbol olamining turli vakillari tomonidan turli davrlarda aytilgan eng yorqin iqtiboslar keltirilgan.

Ser Aleks Fergyuson, Ronalduga «MYu»da murabbiylik qilgan:
— Kriştianu Ronaldu men bilan işlagan eng iste'dodli futbolçilardan biri. U «Mançester Yunayted» tarixidagi buyuk futbolçilarni ortda qoldirdi. U bilan faqat — Pol Skoulz va Rayan Giggzni bir qatorga qöyişim mumkin. Ular ham 20 yil davomida uluğvor öyin namoyiş etib kelişgan.

Fernandu Santuş, Portugaliya terma jamoasi ustozi, Ronalduga «Sporting»da ham murabbiylik qilgan:
— Men «Sporting»ni boşqarganimda, Ronalduga u men bilan işlaşi uçun sirkka xos tryuklarni bas qilişi lozimligini aytgandim. Unga şuningdek, futbolni barça tomonlama özlaştirişi kerakligini aytganman. Keyingi kuni maşğulotga kelganimda birinçi bölaman deb öylagandim. Biroq men ikkinçi jamoadagi döstlari bilan maşğulot ötayotgan Ronalduni kördim.

Zlatan Ibrahimoviç, «MYu» hujumçisi:
— Ronaldu tuğma talant emas — tinimsiz maşğulotlar mahsuli.

Ser Aleks Fergyuson, Ronalduning «MYu»dagi ustozi:
— Köplab talantli futbolçilar özlarini namoyiş qiliş uçun urinişadi. Öylaymanki, Kriştianu jamoadoşlari hurmatini qozoniş uçun ularning köz öngida özini körsatişga harakat qilardi.

Futbolçilar maşğulotlar vaqtida özlarini munosib tutişiş kerak. Tajribali futbolçilar unga saboq berişardi. Bir safar Kerringtonda uning oyoğiga boplab tepişdi va dahşatli çinqiriq eşitildi: «A-a-a-a-a!» Şeriklari unga rahm qilişmadi. Köp ötmay u özini yaxşi tutadigan böldi. Uni tarbiyalaşdi. U juda aqlli yigit edi. Kriştianu angladiki, maşğulotlar vaqtida uning artistliklari va baqirişlariga heç kim e'tibor qaratmaydi. Va u özini önglay boşladi. Tez orada bu katta öyinlarda ham aks etdi.

Gari Nevill, Ronalduning «MYu»dagi sobiq jamoadoşi:
— Ronaldu "MYu“ga kelganida 2-3 yil davomida jamoadoşlari tomonidan masxara qilinardi. Hozir u aynan şu harakatlar uni erkak qilib yetiştirganini tan oladi.