Jahon chempionatida durang natijalar bo‘lmaydi. Futbol jamoatchiligi buni qanday qabul qilmoqda?
Germaniya terma jamoasining sobiq sardori, «Bavariya» va «Chelsi» klubi sobiq yarimhimoyachisi Mixael Ballak FIFA tomonidan JCh ishtirokchilari soni 32tadan 48taga yetkazilishiga munosabat bildirdi.
«Bu mas'uliyatsizlik belgisi. Ular futbolning rivojiga hujum qilishdi.
Albatta bu qaror bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi», deya kinoyali izoh bergan Ballak.
Eslatib o‘tamiz, FIFA 2026 yildan boshlab jahon chempionatlarida ishtirok etuvchi jamoalar sonini 32tadan 48taga, guruhlar sonini esa 8tadan 16taga oshirilgani haqida qaror qabul qilgandi.
Hozircha yangi turnir qanday ko‘rinishda bo‘lishi noma'lumligicha qolmoqda. Terma jamoalar soni oshgani tufayli turnirga mezbonlik qiladigan davlatda stadionlar va mehmonxonalar yetarlicha ko‘p bo‘lishi kerak. 2026 yilgi JCh mezboni bo‘lish uchun asosiy da'vogar AQSh hisoblanadi. Shuningdek, tarixda ilk marta mundial 3 davlat bo‘ylab o‘tkazilishi ham mumkin.
Guruhlarda durang natijalar bo‘lmaydi, asosiy vaqtda durang qayd etilsa, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadi, keyingi bosqichga 16 guruhdan 32 jamoa yo‘l oladi. Shu bilan birga FIFA turnir o‘tkaziladigan kunlar sonini o‘zgartirmaslik, dam olish kunlari avvalgidek qolishi hamda finalgacha 7ta o‘yin o‘tkazilishini ta'minlaydi.
2026 yilgi JCh reglamenti hozircha ishlab chiqilmagan, konfederatsiyalarga nechtadan o‘rin ajratilishi ham noma'lum. Katta ehtimol bilan Afrika va Osiyo uchun ko‘proq o‘rin ajratiladi.
Mavzuga oid
16:51 / 16.10.2024
O‘zbekistonning JCh-2026ga borish imkoniyati keskin oshdi – We Global Football
00:46 / 14.10.2024
Osiyo jamoalarining JCh-2026ga chiqish imkoniyati baholandi – O‘zbekiston 4-o‘rinda
18:25 / 01.10.2024
O‘zbekiston milliy jamoasining BAA va Eronga qarshi o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilari ma’lum bo‘ldi
18:42 / 11.09.2024